Xorazmning Bog‘ot tumanida Damas bir yo‘nalishdagi velosipedchini urib ketishi oqibatida jabrlanuvchi voqea joyida halok bo‘ldi. Haydovchi mashinani tegishli hujjatsiz boshqargan.
Poytaxtda 2024-yilda 1280 avariya sodir bo‘ldi. Oqibatda mingdan ortiq odam jarohatlandi, 91 kishi vafot etdi. YHXB avariyaning o‘choq nuqtalarini aniqlash va o‘lim holatlarini keskin kamaytirish bo‘yicha ishlar olib boradi.
Namangan shahrida Gentra haydovchisi yo‘lni kesib o‘tayotgan 67 yoshli fuqaroni urib yubordi va qochib ketdi. Piyoda voqea joyida halok bo‘ldi. YHXB haydovchini topish maqsadida hududdagi qora rangli Gentra’larni bir yerga to‘plab, tekshirmoqda.
O‘zbekistonda 2024-yilda 9364 ta YTH rasmiy ravishda ro‘yxatga olingan bo‘lib, ularda 8901 kishi jarohatlangan va 2203 kishi halok bo‘lgan.
Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanida “GAZel” belgilanmagan joydan o‘tayotgan piyodani urib ketdi, oqibatda u halok bo‘ldi. Mashina boshqaruvni yo‘qotib, BYD va Matiz bilan ham to‘qnashdi. Aholi mazkur hududda piyodalar o‘tish joyi yo‘qligini ta’kidlamoqda va mas’ullardan harakat xavfsizligini yaxshilashni so‘ramoqda.
Sentabrda chorrahada piyoda o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi 4 yilga (maksimal 7 yildan) qamaldi. YTH vaqtida u 112,7 km/s tezlikda harakatlanib, yana qator qoidabuzarliklarni sodir etgan. O‘g‘irlik uchun o‘talmagan jazo muddati inobatga olindi va u 6 yil 24 sutkani koloniyada o‘tkazadigan bo‘ldi.
Cobalt haydovchisi Yangiyo‘lda 5 nafar bolani urib yubordi, ulardan 2 nafari halok bo‘ldi. Sudya uning jazosini yengillashtirib, qamoqdan ozod qildi. Bir haftadan keyin aynan shu sudya o‘lim bilan bog‘liq YTH sodir etgan boshqa haydovchiga ikki yil ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.
Toshkent shahri Shayxontohur tumanida BYD va Equinox to‘qnashuvi oqibatida 18 yoshli haydovchi shifoxonada vafot etdi. Jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari boshlandi.
May oyida Spark Toshkentning Yusuf Xos Hojib ko‘chasidagi tartibsiz o‘tish joyida ayolni urib yuborgandi. Jabrlanuvchi shifoxonada vafot etgan. Sud haydovchini 5 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Jazo manzil-koloniyada o‘taladi. Ushbu ko‘chadagi piyodalar o‘tish joylari hamon xavfsizlik talablariga javob bermaydi.
Toshkent halqa avtoyo‘lida qayrilib olayotgan vaqtida boshqa yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketgan Isuzu haydovchisi halok bo‘ldi.
Farg‘onaning Dang‘ara tumanida Lacetti va Damas ishtirokida “avariya” sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida Damas salonida ketayotgan qiz vafot etgan. Haydovchi 6 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.
Sergelida 19-sentabr kuni BYD avtomobili tezlik cheklovini buzib, maktabdan qaytayotgan 9 yoshli Soliha Lutfullayevani urib yuborgandi. Hodisa oqibatida qizaloq vafot etgan. Butunjahon YTH qurbonlarini xotirlash kuni munosabati bilan “Gazeta.uz” Solihaning onasi — Nigora opa bilan birga uni yodga oldi.
Noyabrning uchinchi yakshanbasida butun dunyoda yo‘l-transport hodisalari qurbonlari xotirlanadi. Bu yil sana 17-noyabrga to‘g‘ri keldi. O‘zbekiston Professional futbol ligasi shu kuni Superliganing 2024-yilgi ramziy termasini maxsus videorolik bilan e’lon qildi va uni YTH qurbonlari xotirasiga bag‘ishladi.
Andijonning Asaka tumanida piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan 9 yoshli qizni Damas urib ketdi. Hodisa oqibatida qiz shifoxonada vafot etgan. Holat yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda.
“Navoiy-Uchquduq” avtomobil yo‘lida ikki avtomobil ishtirokida halokatli YTH sodir bo‘ldi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Nexia haydovchisi quvib o‘tish qoidasini buzgan, oqibatda qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanayotgan Exeed bilan to‘qnashgan.
Qoraqalpog‘istonning Beruniy tumanida mast haydovchi boshqaruvidagi Lacetti kanalga tushib ketdi. Oqibatda ikki yo‘lovchi voqea joyida, yana biri shifoxonada vafot etdi.
Samarqand viloyati Jomboy tumanida yo‘l chetida nosoz holda to‘xtab turgan yuk mashinasiga borib urilgan Nexia haydovchisi shifoxonada vafot etdi.
Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida 7-sinf o‘quvchisi “Jiguli” mashinasini minib, yo‘l chetidagi ariqqa tushib ketdi. U og‘ir jarohatlar bilan shifoxonada vafot etdi. Holat yuzasidan jinoyat ishi ochildi.
Poytaxtning Chilonzor tumanida Lacetti yo‘lni belgilanmagan qismdan kesib o‘tayotgan ikki piyodani urib yubordi. Oqibatda haydovchi va piyodalar vafot etdi. Video.
Nishon tumanida quvib o‘tish qoidalarini buzib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqqan Gentra o‘z yo‘nalishida kelayotgan Nexia bilan to‘qnashdi. Oqibatda Nexia haydovchisi vafot etdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting